Joriy yilning 26-yanvar kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) koʻmagida 2022-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyiha - “Oʻzbekistonda professional taʼlim tizimini qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish” loyihasining maqsad vazifalari, asosiy yoʻnalishlar strategiyasini belgilab olishga yoʻnaltirilgan seminar oʻtkazildi.
Mazkur seminarda hamkor tashkilotlar sifatida Taʼlim inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va boshqa tashkilotlar vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirok etishdi.
Unda yangi loyiha doirasida Oʻzbekistonda yengil sanoat sohasda kadrlar tayyorlashda yangicha yondashuvlar, yirik ish beruvchi korxonalarda negizida dual taʼlimni tashkil etishga oid masalalar muhokama qilindi.
2022-2023-yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyiha doirasida professional taʼlimni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, sifatli taʼlimni tashkil etishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari, ish beruvchi korxona va tashkilotlar, vazirlik va idoralar huzurida tashkil etilgan tarmoq kengashlarining vazifalari va ularning taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini joriy etish bilan bogʻliq masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlanishicha, bugungi kunda mamlakatimizda milliy malaka tizimlarini amaliyotga joriy etish orqali professional taʼlim tashkilotlarida pedagog va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yangi tizimi joriy etilmoqda.
Shuningdek, taʼlimning xalqaro standart tasnifining 3-4-5 darajalariga mos keluvchi tabaqalashtirilgan dasturlar asosida uzluksiz taʼlimning yangi tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda tarmoq kengashlari tomonidan kasbiy koʻnikma va bilimlarni rivojlantirish, muvofiqlash jarayonlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
mehnat bozori monitoringi asosida sohaning malaka va bilimlariga boʻlgan ehtiyoj va tendensiyalarni aniqlash;
tarmoq malakasini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning kasbiy standartlarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmini takomillashtirish;
malakani baholash markazlari faoliyatini tashkil etish;
kasbga yoʻnaltirish va axborot materiallarini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Seminarda shuningdek, professional taʼlim sifatini oshirishda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar ishlab chiqiladigan va xalqaro tajribalarga asosan takomillashtiriladigan oʻquv-meʼyoriy hujjatlar, baholash usullari, oʻqitish metodikalari, pedagog kadrlar malakasining oshirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish kabi yoʻnalishlar boʻyicha vazirlik va idoralar vakillari, shu jumladan, Taʼlim inspeksiyasi mutaxassislari ham taqdimot shaklida oʻz taklif va tavsiyalarini bildirib oʻtishdi.
Manba: tdi.uz
428