Namangan viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi taʼtil kunlarida bir nechta oʻquv seminarlarni oʻtkazishni rejalashtirgan.
Tadbirlar rejasiga muvofiq, boshqarma tasarrufidagi professional taʼlim muassasalarining maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari uchun oʻquv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishi hamda oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish boʻyicha oʻquv seminarining dastlabkisi kasb-hunar maktablari direktorlarining oʻquv ishlari hamda ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, uslubchi va katta ustalar uchun tashkil etildi.
Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida oʻtkazilgan oʻquv-seminarida Vazirlar Mahkamasining 2018-yildagi 1-maydagi 408-sonli qarori Nizom talablari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim Vazirligining 2020-yil 4-sentyabrdagi “Professional taʼlim muassasalari uchun oʻqitish materiallari toʻplamlarini yaratishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 465 sonli buyrugʻi ijrosi hamda professional taʼlim tizimida oʻquv ustaxonalarini jihozlash va ularga qoʻyiladigan talablar mavzulari boʻyicha tushunchalar berildi.
Oʻquv-seminarlari davom etmoqda.
442