“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro Universiteti tasarrufidagi Zomin turizm va servis kollejida joriy yilning 20-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro Universiteti va Turkiya Respublikasining Turizm menejerlari va professor oʼqituvchilari assotsiatsiyasi Prezidenti falsafa fanlari doktori (PhD), professor Burhan Shener “Turkiyada ishla va sayohat qil” loyihasi doirasida kollej talabalarining yozgi amaliyotini Turkiya Respublikasida o‘tash bo‘yicha tanlov tashkil etdi va kollej talabalariga Turkiyada amalga oshirilayotgan turizm islohatlari mavzusida master klass oʼtkazildi.