Yangiliklar

Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyatining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan professional ta’lim muassasalari uchun “Fermer” nomli o‘quv qo‘llanmalarining taqdimoti o‘tkazildi

Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyatining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi “O‘zbekistonning tanlangan hududlarida iqtisodiyot rivojlanishini qo‘llab quvvatlash” loyihasi doirasida professional ta’lim muassasalari uchun o‘zbek va rus tillarida “Fermer” nomli o‘quv qo‘llanmalarini taqdim etdi.

2022 yil 18 fevral kuni Germaniya Xalqaro Hamkorlik jamiyatining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi “O‘zbekistonning tanlangan hududlarida iqtisodiyot rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida professional ta’lim muassasalari uchun “Fermer: boshlang‘ich bosqich” o‘quv qo‘llanmasi 1500 dona hamda “Fermer: ixtisoslik bosqichi” amaliy o‘quv qo‘llanmasi 300 donani Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida bepul topshirish taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi rahbari Beate Shoreyt, O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyiha xodimi Avaz Pazilov, O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyiha xodimi va Qoraqalpog‘iston bo‘yicha kordinatori Alisher Qurbanov hamda O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasining monitoringi bo‘yicha mutaxassisi Komoljon Xudayberganov, Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Zayniddin Xudayberdiyevlar ishtirok etishdi.

“O‘zbekistonning tanlangan hududlarida iqtisodiyot rivojlanishini qo‘llab quvvatlash” loyihasi doirasida 2020-yilning 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga 1400 ta “Fermer: Boshlang‘ich bosqich” kitobining rus tilidagi bosma nusxalari, shu bilan birga “Fermer: Boshlang‘ich bosqich” va “Fermer: Ixtisoslik bosqichi” o‘quv qo‘llanmalarining o‘zbek tilidagi elektron shakllari 580 ta kompakt disklarda taqdim etilgan edi.

Professional ta’lim muassasalarining qishloq xo‘jaligi sohasiga yo‘naltirilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarida “Fermer: Ixtisoslik bosqichi” nomli kitobi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab professional ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklarning o‘quv rejasiga fan sifatida kiritilib va ushbu fanning o‘zlashtirilishida asosiy adabiyot sifatida foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Jumladan,

Boshlang‘ich professional ta’limning 13 ta kasbida 24 ta umumkasbiy, 23 ta maxsus fan, 16 ta o‘quv amaliyotida;

352