Yangiliklar

“Yashil makon” milliy dasturi: Ko‘chat ekish jarayonlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda

Maʼlumki, ayni kunlarda yashil hududlarni kengaytirish orqali mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan tashabbus qilingan “Yashil makon” umummilliy loyihasi hayotga tatbiq etilmoqda.

Ushbu hayrli aksiyada Professional ta’lim tizimi muassasalari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Xususan, joriy yilning 29 oktabr sanasida Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rahbariyati va xodimlari Institut hududida 30 tup manzarali daraxt ko‘chatlarini ekib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.

401