“Oʻzbekistonda professional taʼlim” jurnalining nishona soni nashrdan chiqdi
Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti muassisligidagi “Oʻzbekistonda professional taʼlim” jurnalining nishona soni nashrdan chiqdi.
Jurnalning ilk sonida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirning professional ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Siddiqova, Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Z.Xudayberdiyev, bir qancha akademik va professorlar hamda ilmiy izlanuvchilarning ilmiy-tahliliy maqolalari joy olgan.
Jurnalda shuningdek O‘zbekistonda professional ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari, Dual ta’lim tizimida mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi, Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta’limni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari borasidagi soʻnggi tahliliy materiallarni ham mutolaa qilishinigiz mumkin.