Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida Psixologlar guruhi tinglovchilari uchun Namunaviy ochiq dars o‘tkazildi

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Namunaviy darslarni tashkil etish jadvaliga muvofiq joriy yil 10-sentyabr kuni “Personalni boshqarish” kafedrasining katta o‘qituvchisi Karimova Shaxnoza Kamolovna Psixologlar guruhida “Professional ta’limda psixologik xizmat va psixologik xizmat xodimining kasbiy modeli” mavzusida Namunaviy ochiq dars o‘tkazdi.

Sh.Karimova darsda AKT vositalaridan samarali foydalandi, shuningdek, dars davomida psixologlarga modul bo‘yicha yangi bilimlarni shakllantirishda ilmiy-pedagogik texnologiyalarni mohirona namoyish etdi.

Namunaviy ochiq darsda Monitoring va baholash bo‘limi boshlig‘i F.Masavirov, kafedra mudirlari E.Xaitov, Yu.Xaitova, katta o‘qituvchi Sh.Mirzaaxmedova, bosh mutaxassis X.Sultonova qatnashdi.

456