Yangiliklar

GIZ-Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati va hamkor tashkilotlar vakillari uchrashuvi

10 fevral kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida GIZ-Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o'sish sektorlari uchun professional ta'lim (PECA V) loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda GIZ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Katta maslahatchi Tomas Lyuks, professional ta'lim bo'yicha maslahatchi Anvar Allaberganov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar instituti, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi AJ, "O‘zdonmahsulot" AK kabi hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

“Markaziy Osiyoda iqtisodiy oʻsish sektorlari uchun kasbiy taʼlim” (PECA V) loyihasi doirasida professional taʼlim boʻyicha 2022 yilga moʻljallangan ish rejasi muhokama qilindi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda iqtisodiyotning o‘sib borayotgan tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan malakali mutaxassislar va menejerlar bilan ta’minlash uchun professional ta’lim tizim salohiyati oshirishdir.

389