O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi 'Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida'gi 77-sonli qarori bilan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining sifatli ta’lim va kasb-hunar dasturlarini yaratish, ilg‘or ilmiy va uslubiy yutuqlar asosida sifatli kadrlar tayyorlash maqsadida Kasb-hunar ta’limi instituti va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika kasb-hunar-texnika ta’limi xodimlarining malakasini oshirish instituti negizida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish instituti tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 iyuldagi 'O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida'gi 342-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining Markaz huzurida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish instituti negizida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 14 apreldagi 'O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida'gi 91-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi 'O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida'gi PQ-3504-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati negizida Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi 'Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida'gi PQ-4391-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etilgan.