O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti negizida Kasbiy Ta’limni Rivojlantirish Instituti tashkil etilgan.
Institut O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi muassasa bo‘lib, kasbiy ta’lim tizimini innovatsion rivojlantirish, rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat ta’lim muassasasidir.
Institut belgilangan maqsadga erishish hamda kasbiy ta’lim tizimini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha quyidagi uch asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
kasbiy ta’limni rejalashtirish va rivojlantirish
rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash
o‘quv adabiyotlari va meyoriy hujjatlarni nashr qilish
Institutga iqtisod fanlari doktori, professor Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich rahbarlik qiladi.
100095, г.Ташкент, Алмазорский район, ул.Талабалар, дом 96