E`LON
2025-yil 23-may kuni Professional ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01 raqamli ilmiy kengashda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi:
Soat 14:00 da
Pirmatov Barkamoljon Gayratjonovichning 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Professional taʼlim jarayonida oʻqitishning innovatsion vositalaridan foydalanish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: |
Musayev Jahongir Payozovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor |
Rasmiy opponentlar: |
Beknazarova Saida Safibullayevna texnika fanlari doktori, professor Ismailova Zuxra Karabayevna pedagogika fanlari doktori, professor |