E`LON
2025 yil 12 mart kuni Professional ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped48.01 raqamli ilmiy kengashda pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyalari ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi:
Soat 11:00 da
Qo‘chqarov Diyorbek Ulug‘bekovichning 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Raqamli iqtisodiyot sharoitida rahbar kadrlarning intellektual salohiyati va boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirish” (Professional ta’lim tizimi misolida) mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi muhokamasi.
| Ilmiy rahbar: |
Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich iqtisod fanlari doktori, professor |
| Rasmiy opponentlar: |
Muslimov Narzulla Alixanovich pedagogika fanlari doktori, professor To‘xtayeva Zebo Sharifovna pedagogika fanlari doktori, professor Beknazarova Saida Safibullaevna texnika fanlari doktori, professor |
| Yetakchi tashkilot: | Toshkent Davlat Texnika universiteti |