15-oktabr, 2026-yil Bugun Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori X.Sh. Kadirov hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, malaka oshirish kurslarining mazmuni va sifatini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqotda tinglovchilarning fikr-mulohazalari, takliflari va ularni qiziqtirgan masalalar tinglandi. Shuningdek, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Bunday uchrashuvlar tinglovchilar bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, ularning ehtiyoj va takliflarini o‘rganish hamda malaka oshirish kurslari samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti — kasbiy rivojlanish va innovatsion yondashuvlar maskani!
Leave a comment