Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025 yil 9 sentabr kuni maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kasbiy ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish masalasiga ham alohida to‘xtaldi.
Prezident o‘z ma’ruzasida, yoshlarimizni texnikumlarga qiziqishini oshirish, ularni kasb-hunarli qilib, doimiy daromad topishi uchun sharoit yaratish eng dolzarb masala ekanligi, buning uchun texnikumlarga xalqaro standart bo‘yicha zamonaviy kasbga o‘qitish muhitini olib kirish zarurligi, investorlar buyurtmasi bilan kadrlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshirish va rivojlangan davlatlar tajribasi asosida kasbga o‘rgatuvchi ustaxonalar tashkil qilish, xorijiy tillarni, xususan xitoy tilini o‘qitishni kengaytirish, texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga imtiyozli kredit ajratish, shuningdek, bu ishlarni yagona siyosat asosida olib borish uchun Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etilishini ham ta’kidladi.
Ushbu dolzarb masalalar yuzasidan 2025-yilning 12 sentyabr kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda kasbiy ta’lim kadrlarini global mehnat bozoriga munosib tarzda tayyorlashda jamiyat va iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligining muhim jihatlarini inobatga olish hamda xalqaro tajribalar asosida qo‘shma dasturlar ishlab chiqishda tamoyillarga, xususan milliy malaka ramkalarining hamkor davlatlarning malaka ramkalari bilan muvofiqligi, global mehnat bozorida yuqori talab bo‘lgan ko‘nikmalarga ustuvorlik berish va milliy ta’lim standartlari hamda kasbiy standartlarning uyg‘unligiga e’tibor qaratish, xorij bilan teng hamkorlik va o‘zaro tan olishni yo‘lga qo‘yish hamda o‘quvchi talabalar va pedagogik hodimlarning akademik mobilligini ta’minlash, qolaversa ta’lim dasturlarini ta’lim natijalariga uzviy bog‘lash, ta’lim dasturlarining modullik prinsipi, innovatsion, barqarorlik va shaffoflik prinsiplarini ham inobatga olish kerakligi ta’kidlandi.
Yangi O‘zbekiston strategiyasi muhim siyosiy platforma sifatida ta’lim sifatini oshirishda asosiy mexanizmlardan biridir. YUNESKO, Yevropa Ittifoqi Turin protsessi, WorldSkills International kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ijobiy ahamiyat kasb etadigan faktorlar ekanligi aytib o‘tildi.
Ushbu masalalarni amalga oshirishda quyidagi muammolar ko‘rsatib o‘tildi:
Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul hodimlari D.U.Qo‘chqarov va U.M.Alijonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Sh.A.Sharofaddinov va Buxoro Davlat texnika universiteti rektori, S.G‘.Siddiqova hamda kasbiy ta’lim sohasining yetuk olimlaridan N.SH.Abdullayeva, Q.T.Olimov va M.M.Xolmuxamedov, shuningdek, respublikamizning turli hududlaridan soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, yosh olim va tadqiqotchilar, kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari va o‘qituvchilari xam o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Anjuman Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Z.Y.Xudayberdiyev raisligida olib borildi.
Anjuman yakunida kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari hamda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar anjuman qatnashchilariga taqdim etildi.
38