Sariyev Rustam Bobomuradovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi
2023 yil 20-aprel kuni soat 10:00 da Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengashda quyidagi doktorantning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi:
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti doktoranti Sariyev Rustam Bobomuradovichning “Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish (“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanini sirtqi ta’lim shaklida oʻqitish misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: Gafforov Alisher Xolmurodovichpedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Rasmiy opponentlar: Beknazarova Saida Safibullayevna texnika fanlari doktori, professor
G‘affarov Feruz Hasanovich pedagogika fanlari doktori, (DSc)