Yangiliklar

Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

2022-yil 8-aprel sanasida Viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Yangi Qiziltepa yoshlar nigohida” shiori ostida “Tanlagan kasbim-mening kelajagim” deb nomlangan ochiq eshiklar kuni-seminari tashkil etildi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad: “Yoshlarga oid davlat siyosati”ning amalga oshirilishi, ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar hamda bugungi kunda kasb-hunar maktabida faoliyat olib borilayotgan mutaxassisliklar boyicha o‘qitilayotgan ingliz tili fani, “Bir million" dasturchi, besh tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar, tadbirkorlik faoliyati hamda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha qilingan ishlar.

Tadbir davomida Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida:

1. “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha dasturlash texnologiyasini o‘rganish to‘garagi

2. “Zakovat” intellektual o‘yini

3. Harbiy vatanparvarlik mashqlari va sport musobaqalari

4. Besh tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar

5. Qisqa muddatli kurslarni tashkil etilganligi

6. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimot

7. Tadbirkorlik faoliyatlari bilan tanishish

-issiqxona

-baliqchilik

-parrandachilik

-quyonchilik

8. “Yashil makon” umummilliy loyiha doirasida ko‘chat o‘tqazish ishlari tashkil etildi.

O‘quv ustaxonasida “Tanlagan kasbim-mening kelajagim” mavzusida kasb-hunar maktabida 9-sinf bitiruvchilarini jalb qilish maqsadida “Ochiq eshilar kuni” tashkil etilib, mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha ingliz tilida ochiq darslar hamda avtomobillarni boshqarish o‘quv mashqlari va payvandlovchi yo‘nalishlarida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Hamkor tashkilotlar: Qiziltepa tumani hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi, Qiziltepa tumani XTB, Qiziltepa tuman aholini bandligiga ko‘maklashish markazi, Qiziltepa tuman AKM hamda OAV.

Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i N.R.Ulug‘berdiyev bugungi kunda professional ta’lim tizimida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarga berilayotgan qator imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Qiziltepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O‘.Istamov tumanda olib borilayotgan ishlar yuzasidan gapirib, kasb-hunar maktabining faoliyati bilan tanishib chiqdi.

Seminar yuqori kayfiyatda boshlanib, Sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag‘ishlab sahna ko‘rinishlari, O‘zbekiston Xalq shoiri, Qiziltepa farzandi Oydin Hojiyeva ijodidan namunalar ko‘rsatilgan holda sumalak atrofida milliy raqslar, laparlar, kuy-qo‘shiqlar kuylandi.

O‘quvchi yoshlar shijoati, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi, ularning yonib turgan ko‘zlaridagi g‘ayrati barcha tashrif buyurganlarda juda katta qiziqish uyg‘otdi.

Seminar ishtirokchilari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tizimli va doimiy ravishda ishlar olib borishga kelishib olishdi.

401