Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida xalqaro uchrashuv

2023-yilning 22-may kuni “О‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonini qо‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning TexVET (texnika yо‘nalishidagi professional ta’lim) akademiyasi bilan Pedagogik innovatsiyalar institutida uchrashuv tashkil etildi. 

Ushbu uchrashuvda Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Z.Xudayberdiyev boshchiligida institut vakillari hamda akademiyaning bosh mutaxassislari Detlev Yan va Martina Myulerlar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida dual ta’lim shakli doirasida professor-о‘qituvchilarning hamda xodimlarning malakasini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish, о‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishdagi hamkorlik kabi masalalar muhokama qilindi.

115