Yangiliklar

Ilmiy tadqiqot loyihalari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish (loyiha tematik mavzularini ishlab chiqish)

Pedagogik innavatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2023-yil 19-may kuni institut professor-о‘qituvchilari, boshqarma va bо‘lim boshliqlari, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Ilmiy tadqiqot loyihalari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish (loyiha tematik mavzularini ishlab chiqish)” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy tadqiqot loyihalarini olib borish yо‘nalishlari, ilmiy tadqiqot loyihalari uchun davlat buyurtmalarini shakllantirish metodikasi, ilmiy loyihalarni grant asosida moliyalashtirishning yangi mexanizmi va qiyosiy tahlili tematik mavzularni Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim qilish bо‘yicha belgilangan talablarga doir ma’lumotlar va tavsiyalar berildi.

Seminar-trening sо‘ngida ishtirokchilar bilan professional ta’lim tizimini rivojlantirish  bо‘yicha ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bо‘yicha aniq kо‘rsatma va tavsiyalar berib о‘tildi.

139