Yangiliklar

Koreya texnik universiteti (Tech University of Korea) bilan hamkorlik

Koreya texnik universitetining (Tech University of Korea) taklifiga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va vazirlik huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti delegatsiyasi tajriba almashish hamda “Global raqamlashtirish transformatsiyasi” mavzusida xalqaro seminarda ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida 2023-yil 19-may kuni Koreya texnik universitetida Pedagogik innovatsiyalar instituti va Koreya texnik universiteti hamda uning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi (ICT Intelligence Convergence Research Center (IICRC) Tech University of Korea, Republic of Korea) vakillari orasida о‘zaro uchrashuv bо‘lib о‘tdi.

Uchrashuvda Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Z.Xudayberdiyev va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi direktori janob You Suk Bae tomonidan О‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi о‘rtasida professional ta’limni rivojlantirishda hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Shu kuni Pedagogik innovatsiyalar instituti hamda Koreya texnik universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi о‘rtasida о‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Tomonlar ta’lim, ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida о‘zaro anglashuvga erishdilar, ushbu sohalarda hamkorlikni kengaytirish, ikki tomonlama manfaatli tadqiqotlar yо‘nalishlariga aniqlik kiritish, laboratoriyalar va tadqiqot markazlarini yaratish va rivojlantirish, professional ta’limni raqamlashtirish, AKT sohasida kadrlar tayyorlash bо‘yicha tegishli tajribalarni almashish masalalarini muhokama qildilar.

 

196