Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida “Yangi O‘zbekistonda yangilanayotgan konstitutsiya” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

2023-yil 23-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar institutida tayanch doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan “Yangi O‘zbekistonda yangilanayotgan konstitutsiya” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” kafedrasi dotsentlari psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Malohat Saipova va kafedra dotsenti psixologiya fanlari doktori (DSc) Dilshod Arzikulovlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar hamda 2023-yil 30-aprelda umumxalq muhokamasiga qo‘yilayotgan Konstitutsion Qonun loyihasining mazmun mohiyatini ochib berish maqsadida tashkil etildi.

125