Yangiliklar

Malaka oshirishda hamkorlik masalalari

O‘quv mashg‘ulotlarini takomillashtirishga qaratilgan ochiq darslar, seminarlar hamda ma’lum modulni o‘rganish va yoritish maqsadida tashkil qilinadigan ko‘chma mashg‘ulotlar katta ahamiyatga ega.

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan muntazam ravishda turli tashkilot korxonalar va ta’lim muassasalari bilan  tinglovchilar uchun ko‘chma mashg‘ulotlar tashkil etib borilmoqda.

Bu galgi ko‘chma mashg‘ulotlarimiz fan va ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida mahalliy va xorijiy texnologiyalar bilan tanishish ta’lim muassasalari tajribasi o‘rganish, o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning mazmuni, o‘quv-tashkiliy tuzilmasi, amaliy ta’lim jarayonini tahlil qilish amaliy metodlarni o`rganish hamda tinglovchilar o‘zi faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasiga joriy etish imkoniyati ko‘rib chiqish maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida o‘tkazildi.

212