Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti vakillari bilan uchrashuv

2023-yil 13-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) rektori Zolotareva Nataliya Mixaylovna, Xalqaro va hududlararo aloqalar bо‘limi boshlig‘i Markelova Yuliya Vladimirovna va bosh mutaxassis Oleynikova Olga Nikolayevna, Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Siddiqova Sadoqat G‘afforovna va vazirlik mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro miqyosidagi uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida professional ta’limni rivojlantirish borasida hamkorlikda olib boriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida professional ta’lim tizimiga yangicha yondashuv asosida qarashlarni shakllantirish va xalqaro tajribalarni qо‘llagan holda kerakli jihatlarini mavjud tizimga tadbiq qilish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriadigan tadbirlar va ishlar kelishib olindi.

141