Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) bilan hamkorlik doirasida amaliy seminar tashkil etildi

Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti vakillari tomonidan Pedagogik innovatsiyalar institutida “O‘quv materiallari va modullarini loyihalash texnologiyasi” mavzusida Institut professor-o‘qituvchilari, mutaxasislar va tinglovchilar uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti bosh mutaxassisi Oleynikova Olga Nikolaevna Rossiya Federatsiyasi professional ta’lim tizimining o‘quv materiallari va modullarini loyihalash texnologiyasi borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalari haqida batafsil to‘xtaldi.

140