Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun “Eng yaxshi raqamli taʼlim resurslari” respublika koʻrik-tanlovi boshlanganini e'lon qilamiz

Kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun “Eng yaxshi raqamli taʼlim resurslari” respublika koʻrik-tanlovi boshlanganini e'lon qilamiz

TANLOV UCH BOSQICHDA O‘TKAZILADI!

1- bosqich - noyabr oyining 10-sanasigacha kasbiy ta’lim tashkilotlari doirasida;
2 - bosqich - noyabr oyining 20-sanasigacha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha) doirasida;
3 - bosqich - dekabr oyining 10-sanasigacha Respublika doirasida.
 

Raqamli taʼlim resursi (RTR) – bu bir kasb (mutaxassislik) oʻquv rejasi asosida aniq bir modulning oʻqitish natijalariga muallif(lar) tomonidan shakllantirilgan mavzular boʻyicha ishlab chiqiladi.

Uning tarkibi muallif(lar) tomonidan shakllantirilgan mavzular boʻyicha quyidagilardan iborat:
🔺modulning oʻqitish natijalari asosida muallif(lar) tomonidan shakllantirilgan mavzular roʻyxati;
🔺 maʼruza matni (nazariy va amaliy mashgʻulotlarni qamrab oladi);
🔺 oʻquv jarayonida qoʻllaniladigan metodlar roʻyxati;
🔺 media materiallar (audio, video va animatsion materiallar);
🔺didaktik-koʻrgazmali materiallar;
🔺 taqdimot materiallari;
🔺 baholash-nazorat materiallari (mustahkamlovchi savollar, amaliy topshiriqlar, test materiallari, mashq va masalalar toʻplami);
🔺 glossariy (atamalar lugʻati) kabi materiallardan iborat boʻladi.



✅Tanlovga raqamli ta’lim resurslari foydalanishga tizimlashtirilgan tayyor dasturiy mahsulot sifatida taqdim etiladi.
🔂Tanlov belgilangan 60 ta каsb va mutaxassisliklar doirasida o’tkaziladi

❌Materiallar Word, Excel, pdf, jpg va boshqa ko‘rinishda alohida-alohida fayllar sifatida qabul qilinmaydi.

🏆 Baholash natijalari yuqoridan pastga ballning kamayish tartibida jadval asosida tayyorlanadi va kamida 75 ball yoki undan eng yuqori toʻplagan raqamli taʼlim resurslari va ularning muallif(lar)i gʻolib deb belgilanadi.

🖥 Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan mualliflarning raqamli ta’lim resurslari ommalashtirish uchun Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutining rtr.profedu.uz Raqamli ta’lim resurslari platformasiga joylashtiriladi.

🏆Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari tegishli kasb (mutaxassislik)lar boʻyicha diplom, shuningdek:

🥇-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari;

🤝 Hamkorlikda ishlab chiqilgan va Respublika bosqichida qatnashib g‘olib deb topilgan Raqamli ta’lim resursi mualliflarning har biriga tegishli darajadagi diplom beriladi, g‘olib o‘rin uchun belgilangan pul mukofoti ular o‘rtasida teng taqsimlanadi;
 

Belgilangan kasb (mutaxassislik)lar boʻyicha tanlovning respublika bosqichida qatnashib sovrinli 1-oʻrinni egallamagan, lekin 75 balldan yuqori keyingi 5 ta oʻrindagi ishtirokchilar Agentlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanadi.



📎 Tanlov materiallari bilan tanishish uchun batafsil:

📌 Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun.

📞712464456 📞977920048

🌐 e-mail: kasbiytalim@edu.uz



Rating: 0 / 5
★ ★ ★ ★ ★

Izoh qoldirish