Yangiliklar va e'lonlar

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI

“Xalqaro tajriba asosida kasbiy ta’lim mazmuni va sifatini oshirish dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida faol qatnashishga taklif etamiz.

Muhokama qilinadigan yo'nalishlar:

🟡 1-sho‘ba. “Dual ta’limni tashkil etish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ilg‘or xorijiy tajribalarni roli”

🟡 2-sho‘ba. “Kasbiy ta’lim mazmunini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash jarayonida zamonaviy metodikalar, raqamlashtirish, sun’iy intellektning ahamiyati”

🟡 3-sho‘ba. “Kasbiy ta’lim tashkilotlarini boshqarishda zamonaviy yondashuvlar va ta’lim sifatini ko‘tarishning yangi baholash mexanizmlarini joriy qilish muammolari va yechimlari”

Sana: 2026-yil, 18-noyabr

Manzil: Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 96-uy, Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.

Ochilish marosimi: 10:00

✅ Anjumanda ishtirok etish uchun materiallar 2026-yil 4-noyabr sanasiga qadar o’zbek, rus, ingliz va turk tillarida qabul qilinadi. Anjumanga taqdim etiladigan materiallarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilish shartlari bo‘yicha axborot xatida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
 

Belgilangan talablarga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi



Axborot xatini quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:  Axborot xati

💻 Maqolalar qabuli uchun: telegram

📞 Tel: +998 97 157 69 99
+998 99 945 97 09.

💳 Maqola chop etish narxi 200 ming soʻm.



Rating: 0 / 5
★ ★ ★ ★ ★

Izoh qoldirish