Tilimiz — bilim va taraqqiyot ko‘zgusi!
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni muborak!
Ona tilimizdagi har bir sifatli videodars, tushunarli infografika va savodli subtitr yoshlarning kasb sirlarini puxta o‘rganishiga xizmat qiladi.
Kasbiy atamalarni aniq ifodalash, murakkab jarayonlarni sodda tushuntirish va zamonaviy bilimlarni o‘zbek tilida yetkazish — raqamli ta’lim kontentini yaratishdagi muhim vazifamiz.
Tilimizni e’zozlaylik, uni ilm, kasb va texnologiyalar tili sifatida rivojlantiraylik!
✅O‘zbek tilida sifatli kontent — kelajak uchun munosib hissa!
Izoh qoldirish