Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida Germaniya tajribasiga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘tkazildi

2026 yil 16 oktyabr kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida Germaniyaning dual ta’lim tizimi, bank boshqaruvi va Shparkassalar faoliyatiga bag‘ishlangan xalqaro o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Germaniyalik xalqaro ekspert Natascha Mundinger mamlakat bank tizimining «Uch ustun modeli», Shparkassalarning boshqaruv mexanizmlari, mijozlarga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish tamoyillari hamda xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish tajribalari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, dual ta’lim asosida mutaxassislar tayyorlash, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, xodimlarning malakasini uzluksiz oshirish va zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga xalqaro ekspertdan batafsil javob oldilar.

Mazkur seminar Germaniyaning ilg‘or tajribalarini o‘rganish, kasbiy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va dual ta’lim mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qildi.



Rating: 0 / 5
★ ★ ★ ★ ★

Izoh qoldirish