Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’lim tizimidagi pedagoglar uchun “Savings Game” simulyatsiyasi asosida trenerlar tayyorlandi

Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda “Ta’lim fondi” mablag‘lari hisobidan 2026-yil 12–17-oktabr kunlari “Savings Game” (“Jamg‘arish o‘yini”) simulyatsiyasi asosida trenerlarni tayyorlashga qaratilgan Training of Trainers (ToT) seminarini tashkil etdi.
Treningga Germaniyalik ikki nafar xalqaro ekspertlar jalb etilib, unda:

🔻 moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik sohalariga oid bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan “Savings Game” simulyatsiyasi orqali o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish;

🔻 shaxsiy va oilaviy byudjetni rejalashtirish, daromad va xarajatlarni boshqarish, mablag‘larni jamg‘arish, tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish hamda kredit olish bilan bog‘liq masalalarni amaliy yondashuv asosida o‘rgatish;

🔻 simulyatsiya yordamida moliyaviy qarorlar qabul qilish va biznes jarayonlarini tushunishga qaratilgan bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.


Mazkur hamkorlik kasbiy ta’lim tizimida moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish, ta’lim jarayoniga interaktiv o‘qitish metodlarini joriy etish va pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.



Rating: 0 / 5
★ ★ ★ ★ ★

Izoh qoldirish