Yangiliklar va e'lonlar

Institutimiz yotoqxonasida tinglovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori, direktor o‘rinbosarlari hamda mas’ul xodimlar institut tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tinglovchilarning holidan xabar olindi, ularning yashash sharoitlari, kundalik turmushi hamda ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi. Bunday uchrashuvlar rahbariyat bilan tinglovchilar o‘rtasida ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi. Muammolarni joyida aniqlash va ularni tezkor hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



Rating: 0 / 5
★ ★ ★ ★ ★

Izoh qoldirish