12-oktabrdan boshlab Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti mutaxassislari hududlardan jalb etilgan tajribali pedagoglar bilan birgalikda texnikum rahbarlari va pedagoglariga amaliy-metodik yordam ko'rsatmoqda.
🔺 Asosiy yo'nalishlar:
-> texnikumlarda ta'lim sifatini oshirish;
-> o'quv jarayonini samarali tashkil etish;
-> ta'lim dasturlarini amaliyotga sifatli joriy etish;
-> o'quv-uslubiy hujjatlarni to'g'ri yuritish;
-> pedagoglarning metodik faoliyatini takomillashtirish.
Mazkur ishlar pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg'or pedagogik tajribalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish hamda texnikumlarda ta'lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Izoh qoldirish