Yangiliklar va e'lonlar

TANLOV E’LON QILINADI!

Texnikum pedagoglari uchun “Teacher’s Book” — o‘qituvchi kitobini yaratish bo‘yicha tanlov

Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti 82 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha yangilangan modulli ta’lim dasturlari asosida “Teacher’s Book” yaratish tanlovini e’lon qiladi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin:
-> kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglari;
-> oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilari;
-> tegishli soha mutaxassislari;
-> ish beruvchilar va ishlab chiqarish sohasi vakillari.

Ishtirokchilar tanlangan kasb bo‘yicha tegishli mutaxassislik va kasbiy bilimga ega bo‘lishi lozim. Yakka tartibda yoki mualliflar guruhi bo‘lib qatnashish mumkin.
Ishtirok shartlari:
Tasdiqlangan kasblar ro‘yxatidagi bitta kasbning bitta moduli bo‘yicha “Teacher’s Book”ning dastlabki loyihasini baholash mezonlariga mos tayyorlab taqdim etish kerak.

📂 Taqdim etiladigan hujjatlar (elektron shaklda):
1️⃣ Bitta modul bo‘yicha “Teacher’s Book” loyihasi;
2️⃣ Muallif yoki mualliflar guruhi haqida ma’lumotnoma;
3️⃣ Tegishli mutaxassislik bo‘yicha diplom nusxasi;
4️⃣ Telefon raqami va elektron pochta manzili.

Saralash natijasiga ko‘ra tanlangan mualliflar bilan kasbning barcha kvalifikatsiyalari bo‘yicha umumkasbiy va kasbiy modullarni qamrab olgan to‘liq “Teacher’s Book”ni ishlab chiqish uchun shartnoma tuziladi. Tayyor kitoblar ekspertizadan o‘tkazilib, ommalashtiriladi. Ishtirok shartlari, kasblar ro‘yxati, kitobning tarkibiy tuzilmasi va baholash mezonlari bilan buyruq ilovalari orqali tanishish mumkin.
Kasbiy ta’lim sifatini oshirishga va yangi avlod o‘quv-uslubiy adabiyotlarini yaratishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Hujjatlar:
1-ilova
2-ilova
3-ilova
4-ilova

📧 Hujjatlar taqdim etiladi: kasbiytalim@edu.uz
⌛ Oxirgi muddat: 2026-yil 13-noyabr

📞 Murojaat uchun:
📞 +998 71 246-32-51
📞 +998 71 246-31-94
✅ @SherzodbekSR
✅ @maqsudaamonova

🏛 Tashkilotchi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti



Rating: 0 / 5
★ ★ ★ ★ ★

Izoh qoldirish