Joriy yilning 5–9-oktabr kunlari Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida “Pearson Education Limited” kompaniyasining 8 nafar ekspertlari ishtirokida xalqaro BTEC dasturlarini joriy etish jarayonini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi seminar-trening muvaffaqiyatli yakunlandi.
Seminar-trening davomida texnikum pedagoglari va mutaxassislarining xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda ta’lim sifatini oshirish borasidagi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbir xalqaro BTEC dasturlarini ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish, pedagoglarning metodik salohiyatini mustahkamlash va kasbiy ta’lim sifatini xalqaro talablar darajasiga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Izoh qoldirish