Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish: Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasi va innovatsion yondashuvlari o‘rganilmoqda.

Kasbiy ta’lim agentligi va Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti vakillari Koreya Respublikasida o‘tkazilayotgan seminar-treninglarda ishtirok etmoqda.

Seminar-treninglarning asosiy maqsadi - Koreya tajribasini milliy tizimga moslashtirib, ta’lim sifatini oshirish va mehnat bozoriga mos raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash.
Seminar-treninglar doirasida 5 ta ustuvor yo‘nalishga alohida e’tibor qaratilmoqda:

🔹 Ilmiy-metodologik asoslar. Kasbiy ta’lim siyosati, qonunchiligi va milliy malaka tizimi;
🔹 Raqamli transformatsiya va AI. AI, LMS/LXP va XR texnologiyalarini ta’limga joriy etish;
🔹 Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi. Incheon elektronika Meister maktabida real loyihalar asosida kadr tayyorlash tajribasi;
🔹 Moddiy-texnik baza. Laboratoriyalarni modernizatsiya qilish, PBL va aralash ta’lim;
🔹 Strategik boshqaruv. Rivojlanish strategiyalari, KPI va Koreya–O‘zbekiston hamkorligi
masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

Seminarlar davomida ochiq muloqot tashkil etilib, ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha fikr almashildi.



Rating: 0 / 5
★ ★ ★ ★ ★

Izoh qoldirish