Joriy yilning 5-oktabridan boshlab Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida “Pearson Education Limited” kompaniyasi ekspertlari ishtirokida xalqaro BTEC dasturi doirasida navbatdagi malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.
Bir hafta davom etadigan mazkur malaka oshirish kurslarida Muhandislik, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy parvarish, Sayohat va turizm hamda Axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha 8 ta guruhda jami 165 nafar texnikum o‘qituvchisi va Institutning 5 nafar mutaxassisi ishtirok etmoqda.
Kurslarning asosiy maqsadi - o‘quv jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini monitoring qilish va tahlil etish, shuningdek, baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
Mazkur malaka oshirish kurslari xalqaro tajribani kasbiy ta’lim tizimiga samarali joriy etish, pedagoglarning zamonaviy yondashuv va baholash metodikalarini o‘zlashtirish hamda BTEC dasturlari asosida ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Izoh qoldirish