Joriy yilning 5 oktabr kuni Kasbiy taʼlimni rivojlantirish institutida Qozogʻiston Respublikasining “Xalqaro taʼlim va innovatsiyalar markazi” rahbari Abzal Aiman boshchiligida tashrif buyurgan 10 dan ortiq kollej direktorlari va direktor oʻrinbosarlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida ikki davlatda kasbiy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud yondashuvlar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilinib, sohadagi ilgʻor tajribalarni oʻzaro oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha qator takliflar bildirilib, hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti va “Xalqaro taʼlim va innovatsiyalar markazi” oʻrtasida kasbiy taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.
Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida kasbiy taʼlim sohasida oʻzaro tajriba almashish va amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim qadam boʻldi.
Izoh qoldirish