Yangiliklar va e'lonlar

Ustoz va murabbiylar - ezgulik va fidoyilik timsoli

Sizlarni 1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

O‘qituvchilik va murabbiylik - yuksak mas’uliyat, fidoyilik va sabr-toqatni talab etadigan sharafli kasbdir. Bugungi kunda kasbiy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim mazmunini takomillashtirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va malakali kadrlar tayyorlashda har biringizning mehnatingiz muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Fursatdan foydalanib, ta’lim sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Sizlarning fidokorona mehnatingiz, yangilikka intilishingiz va kasbiy ta’lim ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz doimo yuksak e’tirofga munosibdir.

Barchangizga baxt-saodat, fayzu baraka va yangi yutuqlar tilayman!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Kadirov Xayot Sharipovich



Rating: 0 / 5
★ ★ ★ ★ ★

Izoh qoldirish