Yangiliklar va e'lonlar

Ustoz va murabbiylarga yuksak ehtirom

Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda ustoz va murabbiylarning yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish, kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishdagi munosib hissasi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, institutda samarali mehnat qilib, kasbiy ta’limni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan bir guruh xodimlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbirda barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilab qolindi.

Barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!



Rating: 0 / 5
★ ★ ★ ★ ★

Izoh qoldirish