Mazkur nufuzli tadbirda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar, zamonaviy ishlanmalar va innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishdilar.
ICT WEEK Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasi doirasida tinglovchilar IT, raqamli texnologiyalar, startaplar, sun’iy intellekt hamda innovatsion loyihalar yo‘nalishidagi ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish, soha mutaxassislari va yetakchi tashkilotlar vakillari bilan muloqot qilish hamda o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tashrif tinglovchilarning zamonaviy raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilim va tasavvurlarini kengaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda kasbiy faoliyatida innovatsion yondashuvlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilаdi.
Izoh qoldirish