Yangiliklar va e'lonlar

Malaka oshirish — ochiq muloqot va yangi yechimlar maydoni

Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida sentabr oyida malaka oshirish kurslariga jalb etilgan tinglovchilar ishtirokida “Malaka oshirish kurslarini tashkil etishdagi muammo va istiqbollar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Ochiq muloqot ruhida tashkil etilgan uchrashuvda tinglovchilar malaka oshirish jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, kurslar mazmunini amaliy faoliyat bilan yanada uyg‘unlashtirish, zamonaviy o‘qitish metodlari va raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tinglovchilarning fikr va takliflari — malaka oshirish tizimini takomillashtirish, uning amaliy ahamiyati va natijadorligini oshirishning muhim omilidir. Institutda ana shunday ochiq muloqotlar orqali malaka oshirish jarayonini ehtiyojga yo‘naltirilgan va samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.



Rating: 0 / 5
★ ★ ★ ★ ★

Izoh qoldirish