“Rossiya modeli asosida texnik kasbiy ta’lim tashkilotlarida kompetensiyaviy klaster-modul platformasini ishlab chiqish” loyihasi doirasida Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti va Imperator Aleksandr I nomidagi Sankt-Peterburg davlat temir yo‘llar universiteti vakillari uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki institut o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va hamkorlik shartnomasi loyihasini tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Kadrlar tayyorlashning kompetensiyaviy-klaster va modul modelini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor berildi. Ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantirish, dolzarb masalalarni birgalikda tadqiq qilish, tajriba almashish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari) o‘tkazish masalalari ko‘rildi.
Uchrashuv yakunida tomonlarning kelgusidagi hamkorligi ustuvor yo‘nalishlari, mexanizmlari va qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish asosiy yo‘llari belgilandi.
Izoh qoldirish