Kasbiy taʼlimni rivojlantirish institutida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan rahbar va boshqaruv xodimlari uchun har kuni darsdan keyin zamonaviy kasbiy taʼlimning dolzarb masalalariga bagʻishlangan uchrashuv va ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish yoʻlga qoʻyildi.
Jumladan, joriy yil 17-sentabr kuni “Texnikumlarda oʻquv jarayonini tashkil etishda modulli taʼlim dasturlaridan samarali foydalanish” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi. Muloqot davomida 2026/2027 oʻquv yilidan texnikumlarda joriy etilgan kunduzgi, dual, qoʻshma hamda xalqaro taʼlim dasturlari, ularning mazmun-mohiyati, oʻquv jarayonini tashkil etishdagi oʻziga xos jihatlari va modulli yondashuvdan samarali foydalanish masalalari boʻyicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar rahbar va boshqaruv xodimlarining zamonaviy yondashuvlar asosida bilim va koʻnikmalarini boyitish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda texnikumlarda taʼlim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Izoh qoldirish