Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun “Eng yaxshi raqamli taʼlim resurslari” respublika koʻrik-tanlovi boshlanganini e'lon qilamiz

TANLOV UCH BOSQICHDA O‘TKAZILADI!

1 -> bosqich - noyabr oyining 10-sanasigacha kasbiy ta’lim tashkilotlari doirasida;
2 -> bosqich - noyabr oyining 20-sanasigacha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha) doirasida;
3 -> bosqich - dekabr oyining 10-sanasigacha Respublika doirasida.

Raqamli taʼlim resursi (RTR) – bu bir kasb (mutaxassislik) oʻquv rejasi asosida aniq bir modulning oʻqitish natijalariga muallif(lar) tomonidan shakllantirilgan mavzular boʻyicha ishlab chiqiladi.

Uning tarkibi muallif(lar) tomonidan shakllantirilgan mavzular boʻyicha quyidagilardan iborat:
🔺modulning oʻqitish natijalari asosida muallif(lar) tomonidan shakllantirilgan mavzular roʻyxati;
🔺 maʼruza matni (nazariy va amaliy mashgʻulotlarni qamrab oladi);
🔺 oʻquv jarayonida qoʻllaniladigan metodlar roʻyxati;
🔺 media materiallar (audio, video va animatsion materiallar);
🔺didaktik-koʻrgazmali materiallar;
🔺 taqdimot materiallari;
🔺 baholash-nazorat materiallari (mustahkamlovchi savollar, amaliy topshiriqlar, test materiallari, mashq va masalalar toʻplami);
🔺 glossariy (atamalar lugʻati) kabi materiallardan iborat boʻladi.

Tanlovga raqamli ta’lim resurslari foydalanishga tizimlashtirilgan tayyor dasturiy mahsulot sifatida taqdim etiladi. Tanlov belgilangan 60 ta каsb va mutaxassisliklar doirasida o’tkaziladi

Materiallar Word, Excel, pdf, jpg va boshqa ko‘rinishda alohida-alohida fayllar sifatida qabul qilinmaydi.

Baholash natijalari yuqoridan pastga ballning kamayish tartibida jadval asosida tayyorlanadi va kamida 75 ball yoki undan eng yuqori toʻplagan raqamli taʼlim resurslari va ularning muallif(lar)i gʻolib deb belgilanadi.

Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan mualliflarning raqamli ta’lim resurslari ommalashtirish uchun Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutining rtr.profedu.uz Raqamli ta’lim resurslari platformasiga joylashtiriladi.

Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari tegishli kasb (mutaxassislik)lar boʻyicha diplom, shuningdek:

1-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari;

Hamkorlikda ishlab chiqilgan va Respublika bosqichida qatnashib g‘olib deb topilgan Raqamli ta’lim resursi mualliflarning har biriga tegishli darajadagi diplom beriladi, g‘olib o‘rin uchun belgilangan pul mukofoti ular o‘rtasida teng taqsimlanadi;

Belgilangan kasb (mutaxassislik)lar boʻyicha tanlovning respublika bosqichida qatnashib sovrinli 1-oʻrinni egallamagan, lekin 75 balldan yuqori keyingi 5 ta oʻrindagi ishtirokchilar Agentlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanadi.

Tanlov materiallari bilan tanishish uchun batafsil:

📌 Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun.

📞712464456 📞977920048

🌐 e-mail: kasbiytalim@edu.uz



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish