Joriy yilning 4–5-sentyabr kunlari Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 2026/2027 oʻquv yilida texnikumlarda taʼlim jarayonini sifatli tashkil etish, taʼlim dasturlarini amaliyotga joriy etish, pedagoglarning metodik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, oʻquv-uslubiy hujjatlarning yuritilishini muvofiqlashtirish, amaliy va metodik yordam koʻrsatish maqsadida amaliy seminar-treninglar tashkil etildi.
Mazkur seminar-treninglar zamonaviy kasbiy ta’limning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ularni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish hamda ta’lim mazmunini mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiqlashtirish masalalariga qaratildi.
Seminar-treninglarda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti mas’ul xodimlari, kasbiy ta’lim tashkilotlarining o‘quv ishlari va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maxsus fan o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etdi.
Izoh qoldirish