Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 2026-yil 4-sentabr kuni navbatdagi Ilmiy-pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Institut direktori Kadirov Xayot Sharipovich Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonini topshirdi. Ularning kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, mas’uliyatli faoliyati va fidokorona mehnati munosib e’tirof etildi.

Shuningdek, 2026-yilda kasbiy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarini diplom va sertifikat blankalari bilan ta'minlash holati muhokama qilindi. Malaka oshirish kurslarining o'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha tayyorgarlik holati to'g'risida axborot tinglandi.

Kun tartibidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktyabrdagi PQ-316-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2026-2027 oʻquv yili uchun ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari, joriy etilgan xalqaro ta’lim dasturlari va ustuvor vazifalar borasida olib borilayotgan ishlar ham o‘rin oldi.

Yig‘ilish davomida turli masalalar ham ko‘rib chiqilib, muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish