Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar va muhtaram ustozlar!
Barchangizni xalqimizning eng ulug‘ va eng aziz ayyomi — Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Institutimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, pedagog hamda mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini izchil rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini zamonaviy talablar asosida yuksaltirish yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va samarali faoliyatingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
Sizlarning tashabbuskorligingiz, yangilikka intilishingiz, fidokorona mehnatingiz va kasbiy rivojlanishga bo‘lgan e’tiboringiz institutimizning ilmiy-pedagogik salohiyatini mustahkamlash, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik va fayzu baraka, sharafli ilmiy-pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Jonajon Vatanimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Kadirov Xayot Sharipovich
Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti direktori
Izoh qoldirish