Yangiliklar va e'lonlar

24-avgust kuni Toshkent noshirlik-matbaa texnikumida kasbiy ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari uchun “Avgust kengashi” anjumani bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 24-avgust kuni Toshkent noshirlik-matbaa texnikumida Respublika kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlarining ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun “Zamonaviy kasbiy ta’lim – sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya” shiori ostida “Avgust kengashi” anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman davomida

-> 50 ta texnikumda joriy etiladigan 1:20 normativ bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limi ustalariga shtat belgilash tartibi va metodikasi;
-> Xom-ashyo materiallari bilan ta’minlash. Texnikumlarni jihozlash;
-> Karyera markazlari faoliyati, ish beruvchilar bilan xamkorlik va bitiruvchilarni ishga joylashtirish monitoringi;
ish beruvchilar bilan birgalikda kasbiy fanlar (modul)o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari malaka oshirish ishchi dasturini ishlab chiqish  masalalari muhokama qilindi.
-> o‘quvchilarni ijtimoiy – psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, erta diagnostika va profilaktika mexanizmlarini joriy etish;
-> pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishdagi ustuvor vazifalar;
-> o‘quvchilar tashabbuslari va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish;
-> tarbiyaviy ishlar, guruh rahbarlari va psixolog xizmati hamda 2026/2027 o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy va modulli ta’lim dasturlarini joriy etish, raqamlashtirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

-> 2026-2027  o‘quv yilida texnikumlarda ta’lim sifatini yanada oshirish, zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish uchun “yo‘l xaritasiga” kiritiladigan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
 
“Avgust kengashi”da ilgari surilgan tashabbuslar mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh va malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish