Yangiliklar va e'lonlar

"Zamonaviy kasbiy ta’lim - sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya".

Joriy yilning 24-avgust kuni Toshkent shahar Shayxontohur tuman texnikumida Respublika kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari uchun“Zamonaviy kasbiy ta’lim – sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya” shiori ostida respublika miqyosida “Avgust kengashi” anjumani bо‘lib о‘tdi.

Anjuman davomida о‘tgan о‘quv yili yakunlari tahlil qilinib, 2026/2027 о‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy va modulli ta’lim dasturlarini joriy etish, raqamlashtirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim,fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta'lim agentligi, xalqaro ekspertlar, hamkor tashkilotlar, ish beruvchilar va kasbiy ta’lim tizimi vakillari ishtirok etib, sohani rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilab olindi.

“Avgust kengashi”da ilgari surilgan tashabbuslar mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh va malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish