2026-yil 21–23-avgust kunlari Qozog'iston Respublikasining Ostona shahrida, L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universitetida "An'analar va zamonaviylik muloqoti: ma'naviy madaniyat – milliy o'zlikni anglash asosi" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.
Konferensiyada an'anaviy madaniyat va xalq ijodiyotining milliy o'zlikni anglashdagi o'rni, ma'naviy merosni asrab-avaylash hamda globallashuv sharoitida qadriyatlarni yosh avlodga yetkazish masalalari muhokama qilindi.
Ilmiy forumda institutimiz nomidan pedagogika fanlari doktori, professor Ashurova Sanobarxon, pedagogika fanlari doktori, dotsent Kadirova Gulnora, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Sirojiddinova Nodira hamda dotsent Abdurahmonova Nigora o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ishtirok xalqaro ilmiy-ta'limiy hamkorlikni mustahkamlash va O'zbekiston ilmiy salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etishga xizmat qiladi.
Izoh qoldirish