Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’limda xalqaro tashkilot “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

Joriy yilning 27-iyul kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi filiali vakillari bilan bank sektori uchun dual kasbiy ta’lim dasturini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori Kadirov Xayot Sharipovich, direktor o‘rinbosarlari, Mathias Vangler va tashkilotning kasbiy hamda dual ta’lim bo‘yicha rahbari Inna Mazur ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Germaniya tajribasi asosida namunaviy o‘quv rejalari va ularni ishlab chiqish metodologiyasi, amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari hamda bank sohasida kasbiy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyiha konsepsiyasi muhokama qilindi. Shuningdek, manfaatdor tashkilotlar ishtirokini ta’minlash, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari va qo‘shma faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash, bank sektori uchun dual kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyihaning dastlabki yo‘l xaritasini ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish