Yangiliklar va e'lonlar

Hududlarda kasbiy ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha hududiy seminar-trening davom etmoqda

Seminar-treninglarda prof-emis.edu.uz va my.moqt.uz platformalaridan foydalanish, ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish, elektron tizimlarda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish hamda raqamli boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Seminar-treninglarda ishtirokchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, platformalar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.
Seminar yakunida raqamli platformalardan foydalanish samaradorligini oshirish, ma’lumotlar sifatini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish